Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Bursa shahrida mamlakat yoshlari bilan uchrashuvda maʼlum qildi, deya xabar berdi Anadolu agentligi.
«Saylovda ilk bor ishtirok etayotgan yoshlarni 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda to‘g‘ri tanlov qilishga taklif qilaman», — degan Erdog‘an.
Turkiya rahbari taʼkidlaganidek, saylov sanasi haqidagi qarorni 10 mart kuni rasman eʼlon qilish rejalashtirilgan. Shundan so‘ng, qonunchilikka ko‘ra, saylov 60 kun ichida o‘tkazilishi kerak.


