1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiyada qor yog‘ib, maktablar yopildi

Kuchli yog‘ingarchilik sabab vafot etganlar bor.

Turkiyada qor yog‘ib, maktablar yopildi

Turkiyada 25-noyabr, dushanba kuni qor yog‘ishi natijasida 20 ta viloyat va yana besh viloyatning bir qismida taʼlim jarayonlari to‘xtatildi.

 

Mahalliy nashrlarning xabar berishicha, mamlakat sharqidagi Malatya viloyatida 787 nafar fuqaro yo‘llardagi qor ko‘chishidan qutqarilgan.

 

Hekimxon viloyatida besh nafar cho‘pon tog‘da qor ostida qolib ketdi. Ular qutqarilgan, biroq ulardan biri keyinroq kasalxonada vafot etgan.

 

Yo‘llarni tozalash va fuqarolarni qutqarish ishlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика