Xususiy shirkatga qarashli avtobus mahalliy sayyohlarni Gretsiyadan qaytganidan so‘ng Izmirga olib ketayotgan edi, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib,yo‘ldan chiqib ketgan. Hodisa Chanakkale viloyatida yuz bergan.
Avtotransportda haydovchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bilan birga jami 42 kishi bo‘lib, ularga voqea joyida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatildi, aksariyat jabrlanuvchilar esa shifoxonaga yotqizildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, uch nafarining ahvoli og‘ir.
Hodisaning aniq sabablari hozircha aniqlanmagan.


