1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Turkiyada Termiziy qalamiga mansub qo‘lyozma aniqlandi

O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi xodimi, faxriy professor Mirzo Kenjabek bu haqida ma'lumot berdi.

Turkiyada Termiziy qalamiga mansub qo‘lyozma aniqlandi

 

O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi xodimi, faxriy professor Mirzo Kenjabek Turkiyada saqlanayotgan Imom Termiziyning "Al-Ilal al-kabiyr" asari qo‘lyozmasi haqida ma’lumot berdi.

 

Olim tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, Imom Termiziyning hayot va faoliyatiga doir maxsus risola yozgan olim Nuriddin Atr “Kitobul-ilal”ning Bayrutda 1988-yilda chop etilgan ikkinchi nashrida Turkiyaning qimmatli qo‘lyozmalarga boy kutubxonalaridan birida Termiziyning "Al-Ilal al-kabiyr" asarining yagona qo‘lyozmasini ko‘rgani va undan fotonusxa olib, o‘z tadqiqotining qayta nashrida foydalangani haqida yozadi.

 

Samarqandda “Buyuk ajdodlar merosi – uchinchi renessans asosi” mavzusida o‘tkazilgan VIII xalqaro kongress davomida hazrati Imom Termiziyga oid "Al-Ilalul-kabir” kitobining nashr nusxalari qo‘lga kiritildi.

 

Ma’lumot uchun, ilal — hadislar rivoyatidagi yashirin qusur, nuqson va illatlar. Hadis ilmida ilal masalasi muhim ahamiyatga aga bo‘lib, bu soha hadislar rivoyatida har xil sabablarga ko‘ra roviylar tomonidan sodir etilgan zaiflik, noaniqlik, g‘alat, xato, sahvu yanglishlarni tadqiq qilishdek sharafli va o‘ta mas’uliyatli vazifa bilan shug‘ullanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика