1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiyadagi raketa zavodida portlash sodir bo‘ldi

Portlash oqibatida halok bo‘lganlar bor.

Turkiyadagi raketa zavodida portlash sodir bo‘ldi

 

Turkiya poytaxti Anqarada 10-iyun kuni raketa va portlovchi moddalar ishlab chiqaradigan zavod hududida portlash yuz berdi. Mamlakat Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, portlash oqibatida besh kishi halok bo‘lgan hamda bitta binoga zarar yetgan.

 

«Anqara viloyatining Elmadag tumanidagi Mashinasozlik va kimyo sanoati shirkatiga qarashli raketa va jangovar kallaklar ishlab chiqaradigan zavodda portlash yuz berdi. Oqibatda besh nafar ishchimiz halok bo‘ldi», - deyiladi xabarda.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy aholi tomonidan zavod hududida tutun ko‘tarilayotgani hamda tez yordam mashinalari ketayotgani aks etgan kadrlar tarqaldi. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, portlash portlovchi moddalardagi reaksiya tufayli yuz bergan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика