1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiyadan Germaniyaga uchayotgan ayol adashib Moskvaga kelib qoldi

Endilikda ayol aviakompaniyadan tovon puli olmoqchi.

Turkiyadan Germaniyaga uchayotgan ayol adashib Moskvaga kelib qoldi

Germaniyalik keksa ayol 10 kunlik taʼtilni Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazdi va uyiga qaytayotganida noto‘g‘ri reysga chiqib, Moskvaga kelib qoldi.

 

«Yetmish yoshli ayol Antaliyada o‘n kunlik taʼtildan so‘ng samolyotga chiqdi. Lekin u rejalashtirilganidek Myunxenga emas, Moskvaga yetib keldi», — deyiladi xabarda.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, 26-may kuni ayol Myunxenga qaytayotganida u navbat kutayotganda samolyotga chiqish yo‘lagi boshqasiga ko‘chirilgan. Natijada nemis ayoli adashib, Moskvaga uchish uchun navbatda turgan. Shundan so‘ng Rossiya poytaxtiga kelgan ayol Turkiyaga qaytish chiptasini rasmiylashtirguncha bir necha soat kutgan. Natijada Istanbul ayeroportida tunni «skameyka»da o‘tkazgan ayol ertalab Myunxenga parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

 

Ayol yo‘lda umumiy 30 soat vaqt o‘tkazadi va boshqa reysga chiqishiga ruxsat bergani uchun Turkish Airlines kompaniyasidan tovon puli talab qilmoqchi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика