
Qayd etilishicha, “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali mehmonlarining mamlakatimizga tashrifi boshlandi.
Festival doirasida 14 ta mamlakat Ozarbayjon, Belarus, Misr, Isroil, Hindiston, Italiya, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Polsha, Rossiya, Tojikiston, Turkiya va O‘zbekiston kinosi kunlari o‘tkaziladi.
Festivalda ishtirok etish uchun turkiyalik mehmonlarning bir guruhi Toshkentga yetib keldi. Ular O‘zjan Ayma, Erchan Deniz, Selim Beyraktar va boshqa taniqli turk yulduzlari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

Avvalroq, Toshkent xalqaro kinofestivali g‘oliblariga topshiriladigan nominatsiyalar ochiqlangandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


