1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Turkmaniston davlat muzeyida Xiva xoni kumushlari topildi

Toʻplamdagi buyumlar oʻzining shakllarga boyligi, koʻp sonli marjonlari, ziraklari va eng nozik qadama naqshlari bilan ajralib turadi.

Turkmaniston davlat muzeyida Xiva xoni kumushlari topildi

 

Turkmaniston Davlat muzeyi direktori Meretgeldi Choriyevning soʻzlariga koʻra, muzey fondida 19-asr oxiri va 20-asr boshlariga oid ayollar zargarlik buyumlarining toʻliq toʻplamini aks ettiruvchi oltin bilan qoplangan kumushdan yasalgan rang-barang zargarlik buyumlari saqlanmoqda. Toʻplam taqdimoti Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatining VII Xalqaro kongressining “Merosning yangi qirralarini kashf etish: Oʻzbek kolleksiyalari jahon toʻplamlarida” xalqaro konferensiyasi doirasida boʻlib oʻtdi.

 

Toʻplamdagi buyumlar oʻzining shakllarga boyligi, koʻp sonli marjonlari, ziraklari va eng nozik qadama naqshlari bilan ajralib turadi.

 

Tadqiqotlarga koʻra, ashyolar Xiva xoni xazinasidan boʻlib, Xorazm mahsulotlari kolleksiyasining oʻzi esa 1928 yil 20 sentyabrda Turkmaniston Davlat muzeyi fondiga kirgan. Bu ashyolar hukumat qarori bilan oʻsha paytdagi milly Respublikalar boʻylab taqsimlangan va Toshkentdan hukumat vagonlarida joʻnatilgan.

 

Toʻplamda “manglay-duzi, bosh-duzi” peshona bezaklari, turli tumorlar va boshqa koʻp noyob narsalar mavjud.

 

“Oʻzbekiston madaniy merosi” turkumidagi toʻplamning nashr etilishi hozircha kam oʻrganilayotgan ayrim zargarlik buyumlarining atributini tushunishga yordam beradi va Xorazm zargarlik sanʼati haqida toʻliqroq tushunchaga ega boʻlamiz, deb umid qilamiz”, — deya taʼkidladi M.Choriyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика