1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

"Tutun bilan ovora bo‘lib, asosiy olov xabarlar chetda qolmasin" — Sherzod Shermatov

AKT vaziri muhokamalarga sabab bo‘lgan IT-Park‘dagi sodir bo‘lgan yong‘in"ga munosabat bildirdi.

"Tutun bilan ovora bo‘lib, asosiy olov xabarlar chetda qolmasin" — Sherzod Shermatov

 

AKT vaziri muhokamalarga sabab bo‘lgan IT-Park‘dagi sodir bo‘lgan yong‘in"ga munosabat bildirdi:

 

"Bugun IT Park kompleksida quruvchilarimiz oxiriga yetkazayotgan binoning tepasida ozgina penopleks tutatib yuborishgan ekan, juda ko‘p odamlar va OAVlar shuni muhokama qilishdi. Lekin asosiy Olov xabarlarimiz haqida hali ko‘pchilikka yetkazib berishga qiynalayapmiz. Bu yil jahonda iqtisodiy o‘sishdagi qiyinchiliklar kuzatilayotgan vaqtda, aynan bizning IT Park rezidentlari yil boshidan shu kungacha deyarli 2 barobarga ortdi. Eng asosiysi, eksporter korxonalar soni deyarli 3 barobar ortdi, xorijiy korxonalar ishtirokidagi rezidentlar soni esa 6 barobarga ortdi! Yaʼni yil boshida Davlatimiz Rahbari tomonidan O‘zbekistonni IT xabga aylantirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarining amaliy natijalarini bu yil yakunlanmasdanoq ko‘rishga imkon bo‘lyapti va kelgusi yillar uchun yaxshi poydevor yaratilmoqda.

 

Bu degani, yoshlarimiz, internetdagi vaqtlarini ko‘proq chet tili va axborot texnologiyalarini o‘rganishga sarflaganlari maʼqulroq, bekorga birovni g‘iybat qilgandan ko‘ra. Shunda ular ushbu eksporter korxonalarda yuqori maoshli ishlarga qabul qilinishlari mumkin bo‘ladi.

 

Xatto chet elliklar avvalgi "Tashkent - gorod xlebniy" degan gapni, “Tashkent - gorod aytishniy” degan maqolalar yozib O‘zbekistonni AyTi xabga aylanayotganini muhokama qilishmoqda

 

Zora, shu bugungi tutun haqidagi xabarlar orqali yoshlarimiz o‘zi nima ekan bu IT Park, qanday qilsam men ham yuqori daromadli ish topar ekanman deb o‘zlariga savol berib, sohamizga qiziqsalar va o‘z ustilarida ishlashni boshlasalar hamda ko‘proq xalqaro tan olinadigan IT sertifikatlarni olsalar», — deya izoh qoldirgan Sh.Shermatov o‘zining telegram kanalida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика