O‘n ikki kun oldin Twitter‘ni 44 milliard dollarga sotib olgan Ilon Mask o‘z sahifasida kelajakda tarmoqning ayrim foydalanuvchilar uchun pulli bo‘lishini yozdi.
«Twitterdan oddiy odamlar doim bepul foydalanadilar. Biroq, tijorat yoki davlat foydalanuvchilari oz miqdorda to‘lashlari mumkin», - dedi u.
Ilon Mask, shuningdek, tarmoq butun dunyo bo‘ylab so‘z erkinligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.


