1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Twitter yangi investitsiyalar qidirmoqda

Ilon Maskning tvitlar ustidan nazoratni kuchaytirishi kompaniya daromadlarining qisqarishiga sabab bo‘lgan.

Twitter yangi investitsiyalar qidirmoqda

 

Twitter reklama beruvchilarning ommaviy ketishi va qarz to‘lovlarining yaqinlashib qolishi ortidan yangi investitsiyalar qidirmoqda. Bu haqda Semafor portali xabar berdi.

 

Uning maʼlumotlariga ko‘ra, kompaniya egasi Ilon Maskning oilaviy ofisi direktori Jerad Byorchall shu haftada ehtimoliy investorlarga kompaniya aksiyalarini 54,2 dollardan sotib olishni taklif qilgan.

 

Twitter‘ni sotib olish uchun 1 million dollar sarmoya kiritgan Ross Gerber payshanba kuni unga yuqoridagi taklif bilan chiqishganini maʼlum qilgan.

 

Reuters agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, Maskning tvitlar ustidan nazorati ko‘plab reklama beruvchilarda ishonchsizlik uyg‘otgan. Bu kompaniya daromadlariga jiddiy taʼsir ko‘rsatdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика