Bugun, 7-yanvar kuni Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 Olimpiya terma jamoasi 2026-yilgi Osiyo kubogida o‘z yurishini Livan ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi. Uchrashuv Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi “Shahzoda Faysal bin Fahd” stadionida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tribuna xabar berdi.
O‘yinning 23-daqiqasida Amirbek Saidov hisobni ochib, jamoani oldinga chiqardi. 50-daqiqada Ravshan Xayrullayev va 57-daqiqada Sardor Bahromov gol urib, O‘zbekistonning ustunligini mustahkamladi. Raqib futbolchisi Leonardo Shahin 65-daqiqada hisobni qisqartirdi, ammo 90+5-daqiqada u dubl urib, yakuniy natijani 3:2 ga olib keldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston “C” guruhida peshqadamlikni qo‘lga kiritdi. Guruhning birinchi o‘yini Janubiy Koreya va Eron o‘rtasida durang bilan yakunlangan edi — 0:0. Turnir 2028-yilgi Los Anjelos Olimpiadasiga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilmoqda, shu sababli O‘zbekiston terma jamoasi U-21 tarkibida ishtirok etmoqda.
“Oq bo‘rilar” navbatdagi uchrashuvini 10-yanvar kuni Eron terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da “Shahzoda Faysal bin Fahd” stadionida boshlanadi.


