AQSH prezidenti Jo Bayden mamlakat tarixidagi eng korrupsioner va qobiliyatsiz davlat rahbari hisoblanadi. Bu fikrni Amerikaning sobiq yetakchisi Donald Tramp radio boshlovchisi Xyu Xyuittga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
“Bu ahmoq prezident tufayli butun dunyo portlamoqda. U bizda bo‘lgan eng ahmoq prezident. U eng buzuq va eng qobiliyatsizdir”, dedi Tramp.
Shuningdek, Tramp AQSHga rahbarlik qilganida Ukraina va G‘azo sektoridagi mojarolar hech qachon ro‘y bermasligini taʼkidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sobiq prezident Jo Baydenning teleboshlovchi Seyj Stilga bergan intervyusi to‘liq sahnalashtirilganini aytgandi.


