1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Uch prezident maslahatchisi: AQSHning dushmanlari shunchalik ko‘pki, u parchalanib ketishi mumkin

AQSH barcha dushmanlarini bir vaqtning o‘zida mag‘lub qila olmaydi.

Uch prezident maslahatchisi: AQSHning dushmanlari shunchalik ko‘pki, u parchalanib ketishi mumkin

 

Qo‘shma Shtatlar so‘nggi o‘n yillikda shunchalik ko‘p siyosiy dushman orttirdiki, Amerika nafaqat o‘z mavqeini, balki birligini ham yo‘qotishi mumkin, chunki u barcha dushmanlarini bir vaqtda mag‘lub qila olmaydi.

 

Bu haqda amerikalik siyosatchi Patrik Byukenen American Conservative nashridagi maqolasida shunday yozgan.

Uning fikricha, amerikaliklarning “hamma narsasi bor edi”, ammo ular uzoq vaqt davomida “betakror” derjava bo‘lishga uringan va “dunyoda yangi tartib o‘rnatish maqsadida” turli mamlakatlardagi urushlarga aralashgan.

 

“Endi esa o‘zimiz qon yo‘qotyapmiz. O‘z-o‘zimizni qiynab, parchalanishga qarab harakatlanmoqdamiz”, - deydi Oq uyning sobiq maslahatchisi.

 

Byukenen shuningdek Amerika “yangi dunyoviy tartib o‘rnatish uchun salib yurishlarini davom ettirayotgan bir paytda Rossiya sovuq urushning dahshatli oqibatlarini yenggani va Xitoy AQSH soyasidan chiqishni boshlagan”ini yozgan.

 

Maʼlumot uchun: Patrik Byukenen uch prezident: Richard Nikson, Jerald Ford va Ronald Reyganning bosh maslahatchisi bo‘lgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH mudofaa vazirining sobiq yordamchisi Elbrij Kolbi AQSH Pekin bilan urushga tayyor bo‘lishi kerak, degan fikrni ilgari surgandi.

 

Sharofat Mahmudova 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика