Bugun, 16 dekabr kuni Markaziy bank o‘zbek so‘mining AQSH valyutasiga bo‘lgan qiymatini eʼlon qildi. Unda 1 AQSH dollari 10 830,15 so‘m deb qayd etilgan.
Eslatma. Markaziy bank belgilagan valyuta kursi jismoniy shaxslarga amal qilmaydi.
Tijoriy banklar ham ayni vaqtda AQSH dollarini kechagi summadan bir oz past, yaʼni 10 880 so‘mdan – 10 885 so‘mgacha sotishmoqda. Bularning ichida “Xalq banki”gina AQSH valyutasini 10 885 so‘mdan sotishini qayd etgan. Qolgan banklar esa nisbatan arzon, 10 880 so‘mdan pullamoqda. Bular — “Hamkorbank”, “QQB”(Qishliq qurilish bank), “Mikrokreditbank” va “Ipoteka-bank”.
Birgina “Ipak yo‘li banki” ayni vaqtda 1 AQSH dollarini 10 870 so‘mdan sotishni taklif qilmoqda. Bu boshqalarga qaraganda eng arzoni degani.
Hozirda jismoniy shaxslar, shuningdek, dollar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanadigan shaxslar bank ofislarida AQSH dollarini 10 870 so‘mdan 10 885 so‘mgacha sotib olishi mumkin. Sotish(maydalash) esa – 10 790 so‘mdan 10 825 so‘mgacha.
ATM(bankomat) orqali sotib olish esa nisbatan arzonroq – 10 790 so‘mdan 10 880 gacha. Sotish(maydalash) esa — 10 600 so‘mdan 10 800 so‘mgacha.
Avvalroq dollar kursi hayratlanarli darajada yuqrilagani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


