1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukraina 2025-yilgacha hujumga o‘ta olmasligi mumkin

Hozirda mamlakat strategik mudofaaga o‘tmoqda.

Ukraina 2025-yilgacha hujumga o‘ta olmasligi mumkin

Ukraina 2025 yilgacha boshqa yirik hujum uyushtira olmasligi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal nashri yozmoqda.

 

Qayd etilishicha, Ukraina 2023 yil yozida amalga oshirgan qarshi hujumlarida katta hududlarni ozod qila olmaganidan keyin strategik mudofaaga o‘tmoqda.

 

Bundan tashqari, ayni paytda AQSH va Yevropaning iqtisodiy va harbiy yordami so‘roq ostida qolgan, Ukrainaning o‘zida siyosiy kelishmovchiliklar yuzaga kelgan.

 

“Ukrainaning o‘z hududining aksar qismini qaytarib olish imkoniyati ayni vaqtda so‘roq ostida qolmoqda, Putinning mamlakat iqtisodiyotini urushga yo‘naltirish taktikasi esa uning urushdagi va ehtimol diplomatik sohadagi mavqeini mustahkamladi”, — deyiladi maqolada.

 

Shuningdek, nashrda aytilishicha, Ukraina urushdan qattiq charchagan va uning tiklanishi uchun vaqt kerak.

 

Ushbu maqola Ukrainaning Liman shahrida yozilgan. Uning hisobotida frontning maʼlum qismida ham Ukraina, ham Rossiya qo‘shinlari uzoq muddatli mudofaaga tayyorgarlik ko‘rayotgani yoziladi. “Yagona haqiqat shuki, bu urush hali uzoq vaqt davom etadi”, deya xulosa qilinadi unda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика