1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukraina AQSh bilan to'rtta shartnoma imzolashi mumkin

Kiyev Vashington bilan qurollar, dronlar, erkin savdo va xavfsizlik kafolatlariga oid bitimlarni maqsad qilmoqda.

Ukraina AQSh bilan to'rtta shartnoma imzolashi mumkin

Ukraina Vashington bilan qurol-yarog‘ yetkazib berish, dronlarni ishlab chiqarish, erkin savdo va xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha to‘rtta ikki tomonlama hujjatni imzolashni rejalashtirmoqda.

 

Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak Rada telekanalida bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu hafta Ukrainaning texnik delegatsiyasi AQShga tashrif buyurib, ikki shartnoma yuzasidan muzokaralar olib boradi.

 

Yermak, shuningdek, o‘zi ham yaqin orada AQShga safar qilishini bildirgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Bosh vazirining Vashingtonga tashrifi oktyabr oyining o‘rtalariga rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика