1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukraina Bosh prokuraturasi: urush oqibatida 500 nafar bola halok bo‘ldi

Save the Children bugungi kunda 7,5 million ukrainalik bola jiddiy xavf ostida ekani haqida ogohlantirmoqda.

Ukraina Bosh prokuraturasi: urush oqibatida 500 nafar bola halok bo‘ldi

 

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida kamida 500 nafar bola halok bo‘lgan, mingdan ortiq voyaga yetmaganlar yaralangan. Bu haqda Ukraina Bosh prokuraturasi maʼlum qildi.

 

rasmiy idora bu maʼlumotlar to‘liq emasligini, chunki Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan hududlardan maʼlumot to‘plash qiyinligini eslatib o‘tadi.

 

Bolalar eng ko‘p Donesk (485), Xarkov (298), Kiyev (129) va Xerson (118) viloyatlarida jabrlangan.

 

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, Rossiya bosqinining boshlanishidan buyon Ukrainada 9 mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi, 16 mingdan ortiq kishi jarohat oldi.

 

Save the Children  bugungi kunda 7,5 million ukrainalik bola jiddiy xavf ostida ekani haqida ogohlantirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика