1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Ukraina elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi

Rossiya bosqinchi kuchlarining bo‘linmalarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari borligi aniqlangan.

Ukraina elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi

 

Murojaatda aytilishicha, Rossiya «Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlarida olib borilayotgan jangovar harakatlar chog‘ida… shaxsiy xodimlarining katta yo‘qotishlari tufayli» Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun xorijiy fuqarolarni jalb qilishga urinmoqda.

 

«Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi maʼlumotlariga ko‘ra, ishg‘ol qilingan Donesk viloyati Gorlovka shahrida joylashgan Rossiya bosqinchi kuchlarining bo‘linmalarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari borligi aniqlangan», — deyiladi elchixona xabarida.

 

O‘zbekistonliklar Ukraina chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, qurilish ishlarini olib borish uchun kelgani aniqlangan. Mariupolga yetib kelganidan so‘ng ularning pasportlari olib qo‘yilgan va bu fuqarolar ko‘ngillilar sifatida safarbar qilingan.

 

Elchixona O‘zbekiston fuqarolari eʼtiborini Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligiga qaratdi:

 

«Ukrainaga qarshi qurolli tajovuzda qatnashgan chet el fuqarolari Ukraina milliy qonunchiligi va xalqaro huquq normalariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi».

 

Elchixona, shuningdek, «Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlarida har qanday faoliyatda qatnashish uchun Ukraina davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga yo‘l qo‘yilmasligini» taʼkidladi.

 

«Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlariga, jumladan, qurilish yoki boshqa ishlarda qatnashish uchun noqonuniy ravishda kelgan xorijlik fuqarolar bosqinchilarning sheriklari sifatida ko‘rib chiqiladi va Ukraina qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi», — deyiladi diplomatik vakolatxona xabarida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика