Kabuljonovga ko'ra, so‘nggi vaqtlarda aralash nikohdagi oilalar vakillari yoki O‘zbekistonda tug‘ilgan, ammo Ukraina fuqaroligini qabul qilgan fuqarolardan evakuatsiya qilish bo‘yicha murojaatlar ham ko‘paygan.
Barcha murojaat qilayotganlarga urush hududini imkon qadar tezroq tark etib, Lvov shahriga borish tavsiya etilmoqda. O‘zbekistonning Kiyevdagi Elchixonasi ularni Lvovdagi to‘planish nuqtasidan “Krakoves” (Polsha) nazorat-o‘tkazish punktigacha yetkazishda yordam berishga tayyor.
Aralash nikohlar guruhi vakillarini O‘zbekistonga evakuatsiya qilish imkoniyati bo‘yicha so‘rovlarga javoban Elchixona ushbu shaxslar O‘zbekiston fuqarolari olib chiqib ketilganidan so‘ng, ehtimol, pullik asosda evakuatsiya qilinishi mumkinligi haqida tushuntirishlar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainadan birinchi reys Toshkentdan Katovitsega soat 07:00 da uchib ketgan bo‘lsa, keyingisi soat 10:00 da parvoz qilishi haqida xabar berilgandi.


