AQSH Ukrainaga G‘arb aviatsiya texnikalarini berishni istisno etmayapti. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar harbiy-havo kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Charlz Braun maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainaliklarga AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan ishlab chiqarilgan qiruvchi samolyotlar yetkazib berilishi mumkin. ehtimoliy variantlar sifatida Amerikaning F-16, Shvetsiyaning JAS 39 Gripen, Eurofighter yoki Rafale texnikalari ko‘rsatilgan.
Shu bilan birga bu eski sovet samolyotlari bo‘lmasligi alohida taʼkidlangan. Braun bu texnikalar uchun ehtiyot qismlari topish qiyinligini qayd etgan.
Avvalroq Ukrainalik uchuvchilar AQSHda tayyorgarlikdan o‘tishi maʼlum bo‘lgandi.


