1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukraina G‘arbiy Yevropaga Rossiya gazining tranzitini to‘xtatmoqchi

Bu haqda Ukraina energetika vaziri maʼlum qildi.

Ukraina G‘arbiy Yevropaga Rossiya gazining tranzitini to‘xtatmoqchi

"Tasdiqlashim mumkinki, biz Gazprom bilan hech qanday qo‘shimcha kelishuvlar tuzishni yoki ushbu shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirishni rejalashtirmayapmiz", — dedi Ukraina energetika vaziri German Galushchenko.

 

Gazprom bilan amaldagi tranzit shartnomasi 2024-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.

 

Vazir Yevropa komissari Kadri Simsonning Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan tranzit shartnomasini uzaytirishdan manfaatdor emasligi haqidagi bayonotini eslatdi.

 

Galushchenkoning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda bozorda Rossiya gaziga muqobil variantlar yetarli. U bir yarim yil ichida Rossiya Federatsiyasidan gazga qaramlikni deyarli nolga tushirgan Germaniyani misol qilib keltirdi. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina o‘zining energetik xavfsizligini, xususan, o‘z gaz ishlab chiqarishini ko‘paytirish orqali faol ravishda mustahkamlamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика