1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukraina Kursk viloyatida 40 foiz hududni yo‘qotdi

U yerga 11 mingga yaqin KXDR askari yetib borgan.

Ukraina Kursk viloyatida 40 foiz hududni yo‘qotdi

Ukraina Kursk viloyatining bosib olingan hududlarining 40 foizini yo‘qotdi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.

 

"Biz hozirda taxminan 800 kvadrat kilometr hududni nazorat qilyapmiz, agar bu harbiy nuqtai nazardan o‘zini oqlaydigan bo‘lsa, biz bu hududni nazoratimiz ostida ushlab turamiz", — deya aniqlik kiritdi Ukraina Bosh shtabidagi vakil.

 

Shuningdek, u Kursk viloyatiga 11 mingga yaqin KXDR harbiylari kelganini tasdiqladi. Biroq manbaning aytishicha, Shimoliy Koreya askarlarining asosiy qismi hamon jangovar tayyorgarlikdan o‘tmoqda.

 

Jurnalistlarga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari Kursk viloyatiga bostirib kirganidan so‘ng Rossiya armiyasi hudud yaqinida 59 mingga yaqin askarni jamlagan. Shimoliy Koreya askarlari ham shu hisobga kiradi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика