1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ukraina Moldova va Polshaga elektr energiyasi eksportini tikladi

Bu mamalkatda elektr ishlab chiqarish tizimi qayta tiklanishi natijasidir.

Ukraina Moldova va Polshaga elektr energiyasi eksportini tikladi


“Ukrenergo” 11-aprel kuni Moldovaga sotish uchun quvvatlarni taqsimlash bo'yicha birinchi kim oshdi savdosini o'tkazadi. 


12-aprel kuni esa Polshaga energiya sotish uchun shunga o'xshash kim oshdi savdosi bo'lib o'tadi.


Bundan tashqari, Slovakiyaga eksportni ochish imkoniyatlari ham muhokama qilinmoqda.


“Ukrainadagi urush va u bilan bog‘liq xavflarni inobatga olgan holda davlatlararo tarmoqlarga kirish har kungi auktsionlarda faqat qisqa muddatga tarqatiladi”, — deyiladi agentlik xabarida.


“Ukraina energetika tizimida elektr ishlab chiqarishning ortishi bilan Yevropaga elektr energiyasi eksportini qayta tikladi”, deya qo'shimcha qildi kompaniya.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика