1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukraina mudofaa vaziri: Qrim ko‘prigiga hujum davom etadi

Avvalroq Zelenskiy Qrim ko‘prigi “yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan” nishon ekanini taʼkidlagandi.

Ukraina mudofaa vaziri: Qrim ko‘prigiga hujum davom etadi

 

Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov Kiyev Qrim ko‘prigiga zarba berishda davom etadi, dedi “CNN” efirida ko‘prikni to‘liq ishdan chiqarish rejasi haqida berilgan savolga javob berarkan.

 

17 iyul kuni tunda Ukrainaning suv yuzasida harakatlanadigan dronlari Qrim ko‘prigiga hujum uyushtirdi. Oqibatda, ikki kishi halok bo‘lgan, avtomobil harakatlanadigan yo‘lak zarar ko‘rgan.

 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ushbu hujum uchun javobgarlik Kiyev zimmasida ekanini aytdi. Uning taʼkidlashicha, Qrim ko‘prigi orqali harbiy yuk, allaqachon, tashilmay qo‘ygan.

 

"Raqibning logistika yo‘lagini vayron qilish maqbul taktika hisoblanadi, chunki qurol-aslaha, yoqilg‘i, oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar tashish imkoniyatiga chek qo‘yish muhim. Shuning uchun ham biz ayni taktikadan foydalanamiz", – dedi Reznikov.

 

Avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Aspen institutida bo‘lib o‘tgan xavfsizlik bo‘yicha anjumanda Qrim ko‘prigi “yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan” nishon ekanini taʼkidlagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика