NATO va Rossiya o‘rtasidagi urushni boshlanishiga olib keladi — Yens Stoltenberg.
NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, Ukraina uzra uchish taqiqlangan hudud yaratilishi Yevropada Shimoliy Atlantika alyansi va Rossiya o‘rtasida keng ko‘lamli urush boshlanishi xavfini tug‘diradi.
"Biz Rossiyaning mavjud havo hujumidan mudofaa tizimlari sharoitida uchish taqiqlangan hududni taʼminlay olmaymiz. Bunday harakatlar Rossiya Federatsiyasi bilan keng ko‘lamli urush boshlanishini anglatadi. Bu NATO Harbiy-havo kuchlari va Rossiya o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv bo‘lar edi. Bu nafaqat Ukrainadagi urushning sezilarli darajada kuchayishiga olib keladi, balki NATO aʼzolari ishtirokida Yevropada keng ko‘lamli urush xavfini yaratadi", — dedi tashkilot bosh kotibi.
Stoltenbergning qayd etishicha, bu qaror alyans uchun og‘riqli, ammo NATO bu mojaroga barham berish uchun hamma narsani qilishi kerak.


