1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukraina qishda elektrsiz qolishi mumkin

Kuniga 20 soatgacha uzilish bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Ukraina qishda elektrsiz qolishi mumkin

Qishda Ukraina kuniga 20 soatgacha elektr taʼminotida uzilishlarga duch kelishi mumkin. Bu haqida Politico nashri xabar bermoqda.

 

Nashr bu haqda Energetika sanoati tadqiqot markazi rahbari, Ukraina hukumatining energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi Aleksandr Xarchenkoga tayanib maʼlum qildi.

 

Bu eng yomon ssenariy bo‘lib, Ukrainada harorat minus 10 darajadan pastga tushadi, Rossiya esa mamlakatning atom energetika tizimiga hujum qilishi mumkin.

 

Ukraina Milliy Strategik tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi Gennadiy Ryabsevning so‘zlariga ko‘ra, eng real ssenariy uylar va korxonalarda kuniga 8-14 soat elektr uzilishini nazarda tutadi.

 

Ismi oshkor etilmagan amerikalik mulozimning Politico nashriga aytishicha, AQSH Ukrainada "juda qattiq qish" bo‘lishini kutmoqda. Avvalroq “Ukrenergo” kompaniyasi keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri eng og‘ir qishga tayyorgarlik ko‘rayotganini maʼlum qilgan edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика