1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Ukraina Yevroittifoqdan norozi

Kiyevga ko‘ra, ularning qarorlari Rossiyani boy qiladi.

Ukraina Yevroittifoqdan norozi


Ukraina hukumati Rossiya neftining eksporti uchun belgilangan “narxlar chegarasi”dan noroziligini bildirmoqda. Avvalroq Yevropa Ittifoqi, G7 va Avstraliya cheklovlar joriy etishga kelishib olgandi.

 

Kiyev bir barrel uchun 60 dollarlik chegarani juda yuqori deb hisoblamoqda. Ukraina vakillari ikki barobar past narxni, ya’ni 30 dollarni taklif qilishgan.

 

“Afsuski, Rossiya neftining eksport narxini cheklash bo‘yicha munozaralar yakuniga yetdi. Bu terroristik davlatning byudjeti uchun juda qulaydir”, deydi Ukraina rahbari.

 

Gʻarb matbuotiga ko‘ra, Rossiya sanksiyalar ostida eksportni davom ettirish uchun boshqa narsalar qatori Eron va Venesuyeladan tankerlar flotini shakllantirmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика