Vladimir Zelenskiy harbiy holat davrida mahkumlarning ayrim toifalarini safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Ukraina Oliy Radasi saytida maʼlumot berildi.
Unga ko‘ra, mahkumlar shartnoma bo‘yicha xizmatni o‘tashlari uchun sud tomonidan shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi qarorni olishlari kerak bo‘ladi. Sobiq mahkumlar maxsus bo‘linmalarda xizmat qiladi.
Ukraina milliy xavfsizligiga qarshi jinoyatlar va terrorizm, ikki yoki undan ortiq odamni qasddan o‘ldirish yoki o‘ta shafqatsizlarcha qotillik, jinsiy tajovuz, giyohvandlik yoki alkogol taʼsirida sodir etilgan baxtsiz hodisa uchun sudlanganlar, shuningdek, o‘ta og‘ir korrupsiya jinoyatlari uchun sudlanganlar safarbar qilinmaydi.
Ukraina Adliya vaziri o‘rinbosari Yelena Visoskaning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat qamoqxonalaridagi 4500 mahbus yangi qonun doirasida safarbar qilinishga tayyor.


