1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukrainada erkaklar soxta tez yordam mashinasida safarbarlikdan qochmoqchi bo‘ldi

Kiyevlik shaxs buning uchun mikroavtobusni tibbiy yordam mashinasiga aylantirgan.

Ukrainada erkaklar soxta tez yordam mashinasida safarbarlikdan qochmoqchi bo‘ldi

Kiyevda fuqaro Ukraina aholisini safarbarlikdan boshqa davlatlar hududiga qochishga yordam berish uchun mikroavtobusini tez yordam mashinasiga aylantirdi. Bu haqida Ukraina Xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

 

Maʼlum bo‘lishicha, u pul evaziga safarbarlikdan bosh tortgan erkaklarni bemorlar niqobi ostida mashinaga chiqarib, g‘arbiy chegaraga olib kelgan.

 

Erkak mikroavtobusni tez yordam mashinasi ko‘rinishiga keltirib, maxsus tovush chiqaruvchi signallar va identifikatsiya stikerlari bilan jihozlagan. Blokpostlardan o‘tish uchun u miltillovchi mayoqlardan foydalangan.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика