1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukrainada salyutlar va baland ovozli musiqa taqiqlandi

Prezident Zelenskiy bu bo‘yicha qonunni imzoladi.

Ukrainada salyutlar va baland ovozli musiqa taqiqlandi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy pirotexnika va salyutlarni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Shuningdek, qonunda dam olish kunlari tungi musiqa va xonadonlarda taʼmirlash ishlarini taqiqlash ham nazarda tutilgan. 

 

Hujjatga ko‘ra, feyerverklardan foydalanish va sotish taqiqlanadi. Ushbu normalar qonun eʼlon qilinganidan keyin kuchga kiradi.

 

Bundan tashqari, olti oy ichida Ukrainada shovqinni kamaytirish standartlari kuchga kiradi.

 

Shuningdek, qo‘riqlanadigan obyektlarda soat 22:00 dan 08:00 gacha baland ovozda qo‘shiq aytish va baqirish, ovozni qaytaruvchi uskunalar va boshqa maishiy shovqin manbalaridan foydalanish, pirotexnika vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. Shovqin bilan kechadigan taʼmirlash ishlari ish kunlarida soat 21:00 dan 08:00 gacha, bayram va ishlamaydigan kunlarda esa kechayu kunduz taqiqlanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика