1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukrainada urush boshlanganidan beri 11 mingga yaqin tinch aholi halok bo‘ldi — BMT

Birgina mart oyida 57 nafar bola halok bo'lgan.

Ukrainada urush boshlanganidan beri 11 mingga yaqin tinch aholi halok bo‘ldi — BMT

Ukrainada urush boshlanganidan beri 10810 nafar tinch aholi, jumladan, 600 nafar bola halok bo‘lgan.


Bu haqda BMT bosh kotibi yordamchisi Miroslav Yencha Xavfsizlik kengashining Ukrainadagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishida maʼlum qilgan.


Unga ko‘ra, davom etayotgan urush oqibatida birgina mart oyida 57 nafar bola halok bo‘lgan.




energiya infratuzilmasini intensiv va tizimli ravishda nishonga olib, Ukraina shahar va qishloqlarini har kuni o‘qqa tutmoqda. Tinch aholi tinimsiz hujumlar nishoniga aylanmoqda va biz ortib borayotgan yo‘qotishlardan dahshatga tushmoqdamiz. Rossiya BMT Nizomi va xalqaro tuzilmalarni buzgan holda o‘z harakatlarini davom ettirmoqda, — deb ta’kidladi Miroslav Yencha.


Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina aholisining qariyb 40 foizi gumanitar yordamga muhtoj.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика