Ukrainadan yana 146 nafar o‘zbekistonlik, shu jumladan, 42 nafar ayol, 12 nafar voyaga yetgaman bola va 2 nafar chaqaloq Polsha orqali olib kelindi. 23-mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 146 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi. Bu haqda TIV rasmiy vakili Yusup Kabuljanov xabar berdi.
Evakuatsiya qilinganlar orasida 42 nafar ayol, 12 nafar voyaga yetgaman shaxs va 2 nafar chaqaloq bo‘lgan.Taʼkidlanishicha, 28 fevraldan 24-martga qadar 27 ta aviareys tashkillashtirildi hamda harbiy harakatlar kechayotgan hududlardan 6030 nafar vatandoshimiz qaytarildi.
O‘zbekistonning Ukrainadagi (vaqtincha Lvov shahrida joylashgan) hamda Polshadagi elchixonalari birgalikda vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularni evakuatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirmoqda.
"Boshqa davlatlar orasida O‘zbekiston Ukrainadan o‘z fuqarolarini birinchi bo‘lib evakuatsiya qildi", — degandi O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Boboyev.
Maʼlumot uchun: O‘zbekiston fuqarolarini Polsha orqali Ukrainadan evakuatsiya qilish jarayoni nihoyasiga yetganini maʼlum qilgandi.


