Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan Ukrainadan qaytib, respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalariga muvofiq ularning o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirishga ruxsat berildi.
O‘qishni O‘zbekistonda davom ettirish istagi bilan ariza topshirgan talabalar joriy yil 26 apreldan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishlari so‘raladi.
Bunda, o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan fuqarolarning hujjatlarini rasmiylashtirishda avvalgi yillarda tahsil olib, so‘nggi yillarda talabalar safidan chetlatilgan yoki akademik ta’tilda bo‘lgan fuqarolarning o‘qishini ko‘chirishga rad javobi beriladi.


