"Abrams" tanklari Ukrainaga shu yil oxirida yoki hatto 2024-yilda yetib keladi. Bu haqda "The Washington Post" yozmoqda.
Xabarga ko‘ra, 31 ta M1A2 tanki AQSH harbiy zaxiralaridan berilmaydi, balki qayta sotib olinadi.
"Abrams" tankining eng muhim xususiyatlaridan biri, bu uning zirhi bo‘lib, u kam boyitilgan urandan yasalgan. Ukrainaga tank ushbu xususiyatsiz beriladi. Aynan zirh "Abrams"ning eng qattiq saqlanadigan siri hisoblanadi.
Avvalroq Qo‘shma Shtatlar faqat Germaniyaga "Leopard" eksportini ochish uchun tanklar yetkazib berishga rozi bo‘lgani xabar qilingan edi.


