Nemis jurnalisti Steffen Shvartskopf "Welt" televideniyesiga bergan intervyusida Ukrainaning sharq va janubi-sharqda yo‘qotgan yerlarini o‘z chegaralariga qayta qo‘shib olish imkoni yo‘qligini taʼkidladi.
Mutaxassis Kiyev maʼmuriyatining yo‘qolgan yerlarni qaytarib olish rejasi muvaffaqiyatsizlikka uchraganini, chunki Ukraina armiyasi yetarlicha askar, qurol va salohiyatga ega emasligini qayd etib o‘tgan.
Intervyuda Shvartskopf tomonidan Ukraina mojaroning boshidanoq askar va qurol yetishmasligi muammosiga duch kelgani,hozir esa uning armiyasiga 500 ming askarni safarbar qilinishi kerakligi taʼkidlanib, Kiyev buncha askarni qayerdan oladi, degan savol o‘rtaga tashlangan.


