Londonda joylashgan Xalqaro Strategik Tadqiqotlar instituti ma'lumotlariga ko'ra, Ukraina Rossiya bilan mojaroda o'z hujumini boshlash uchun 100 ga yaqin tank olishi kerak.
"British Challenger 2s" va "German Leopard 2s" bo'yicha asosiy mashg'ulotlar uchdan olti haftagacha davom etishi mumkin.
2022-yil oxirida Kiyev 300 ta tank yetkazib berilishi zarurligini e'lon qildi. G'arbda ishlab chiqarilgan tanklarni yuborgan birinchi davlat Buyuk Britaniya bo'ldi. London allaqachon 14 ta "Challenger 2" transferini e'lon qilgan. Polsha Germaniyaning Leopard’larini topshirishga tayyor, ammo buning uchun Berlindan ruxsat olish kerak.
Buyuk Britaniya Ukrainaga tanklar yetkazib berishni keskin oshira olmaydi. Uning armiyasida bor-yo‘g‘i 227 ta "Challenger 2" bor. Britaniya shtab boshlig‘i Patrik Sanders avvalroq e’lon qilingan qurol-yarog‘ yetkazib berish Birlashgan qirollik armiyasini vaqtincha kuchsizlantirishini aytgan edi.
Umuman olganda, NATO mamlakatlarida 2,3 mingdan ortiq "Leopard 2" tanklari mavjud, ulardan kamida 300 tasi omborda.


