Ukraina ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vadim Denisenkoning ma’lum qilishicha, xakerlar Kremlning butun telefon bazasini “Власт РФ” Telegram-botiga bepul joylashtirishgan.
Qayd etilishicha, endi Kremlning butun rahbariyati va jamoat tashkilotlarining telefon raqamlari jurnalistlar uchun ochiq bo‘ladi. Xakerlar hujumiga uchragan rossiyalik amaldorlarning telefon raqamlarini ushbu Telegram-botdan topish mumkin.


