Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi maʼlumotlariga ko‘ra, urush boshlanganidan beri sakkiz milliondan ortiq odam Ukrainani tark etgan.Bu
haqda Kommersant xabar berdi.
Qochqinlarning aksariyati Polshaga yo‘l olgan – BMTning 21 iyundagi maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakat 4 milliondan ortiq ukrainalikni qabul qildi. Qochqinlar Ruminiya, Moldova, Slovakiya, Vengriya va boshqa Yevropa davlatlariga ham borgan.
BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi maʼlumotlariga ko‘ra, urush boshlanganidan beri Ukrainadan Rossiyaga 1,3 milliondan ortiq odam o‘tgan.


