Xabar berilishicha, Ukraina va AQSh o‘rtasida imzolangan yangi kelishuvga ko‘ra, Kiyev 2022-yildan beri olgan barcha moliyaviy va harbiy yordamni to‘liq qoplashga majbur bo‘ladi.
Manbalarga ko‘ra, bu qarz hajmini 120 milliard dollarga yetkazadi. Shuningdek, Ukraina ushbu mablag‘ni o‘z vaqtida to‘lash majburiyatini olgan, aks holda qarz miqdori har yili 4 foizga oshib boradi.
Bu shuni anglatadiki, agar to‘lovlar kechiktirilsa, qarz yuki yanada og‘irlashadi va Ukrainaga bosim ortishi mumkin. Kelishuv tafsilotlari hozircha rasmiy ravishda e'lon qilinmagan, ammo bu shartlar Kiyev uchun iqtisodiy bosimni yanada kuchaytirishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.