Hisob-kitoblarga ko‘ra, Ukrainaning iqtisodiy tiklanishi uchun 411 milliard dollar kerak.
Bu Jahon banki, BMT, Yevropa komissiyasi va ukrainalik ekspertlar tomonidan hisoblab chiqilgan Ukrainaning 2022-yilga mo‘ljallangan yalpi ichki mahsulotidan 2,6 barobar ko‘pdir. Xarajatlar sentyabr oyida taqdim etilgan 349 milliard yevrolik smetadan sezilarli darajada oshgan.
Mablag‘lar infratuzilma va binolarni taʼmirlash, hayotni normallashtirish va modernizatsiya qilish uchun ishlatilishi kerak. Birinchi navbatda qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan sohalar transport, uy-joy, energetika va qishloq xo‘jaligidir.


