Ukrainaning NATOga kirishini 20 ta davlat qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Zelenskiy idorasi rahbari o‘rinbosari Igor Jovkva maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga tashrif buyurgan Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo hamda Zelenskiy o‘rtasida mamlakatning NATOga qabul qilinishiga ishora qiluvchi deklaratsiya imzolangan
Maʼlumot uchun: Alyansga qo‘shilish uchun Kiyevga barcha ishtirokchilar, yaʼni 31 davlat roziligi kerak.


