Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar yozgacha to‘xtatildi. Bu haqda Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen maʼlum qildi.
U 6-9 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Yevroparlament saylovlari oldidan Ukrainaning Yevroittifoqqa aʼzoligi bo‘yicha muzokaralar uchun zarur asos yaratilishini kutmasligini aytdi.
"Bu jarayon biroz vaqt talab etadi. Ehtimol, Yevropa Ittifoqi bunga yozning boshida tayyor bo‘lishi mumkin", — degan u.