Batumidagi chempionatda shaxmatning rapid yo‘nalishida 9 ochko to‘plagan Umida Omonova jahon chempioniga aylandi.
O‘zbekistonlik Umida Omonova shaxmat bo‘yicha rapid yo‘nalishida jahon chempioni bo‘ldi. Gruziyaning Batumi shahrida 6-8 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda rapid yo‘nalishida 10 imkoniyatdan 9 ochko to‘plagan Umida Omonova jahon chempioniga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Umida Omonova Gretsiyadagi shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham rapid, ham blis bo‘yicha g‘alaba qozonib, musobaqani ikkita oltin bilan tugatgan edi.


