1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Umumiy ovqatlanish sohalaridagi talablar soddalashtiriladi

“business.gov.uz” portali “Tadbirkor virtual ofisi” portaliga aylantirildi.

Umumiy ovqatlanish sohalaridagi talablar soddalashtiriladi

 

Tadbirkorlik subyektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etish va ularning huquqiy himoyasini yana-da kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga ko‘ra, “business.gov.uz” portali “Tadbirkor virtual ofisi” portaliga aylantirildi.

 

Portal orqali tadbirkorlarning murojaatlari kechayu kunduz qabul qilinib hal etiladi va ushbu jarayonlar nazorat qilib boriladi.

 

2022-yil 1-avgustdan portalga quyidagilar tomonidan murojaatlar kiritiladi:

 

–        tadbirkorlar;

–        Savdo-sanoat palatasi huzuridagi “Sall-markaz” xizmati;

–        Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Vakil);

–        hokim yordamchilari;

 

Murojaatlar avtomatik yoki Vakil tomonidan vakolatli organlarga ko‘rib chiqish va hal etish uchun yo‘naltiriladi.

 

Vakolatli organlar murojaatlarni ko‘rib chiqib natijalari to‘g‘risida axborotni portalga kiritadi.

 

Vakil murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddati ustidan raqamli nazorat o‘rnatadi hamda qonunbuzilish holatlari bo‘yicha tegishli taʼsir choralarini qo‘llaydi.

 

Vakil har yili 1-martgacha Prezidentga davlat organlari tomonidan tadbirkorlarning huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishining holatiga doir yillik hisobot taqdim etadi.

 

Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 1-sentyabrgacha umumiy ovqatlanish va chakana savdo sohalaridagi talablarni soddalashtirish hamda ushbu sohalardagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash choralarini nazarda tutuvchi hujjat loyihasi Hukumatga kiritiladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика