Xabarlarga ko'ra, "Barselona" "Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Avvalroq Kataloniya jamoasi bosh murabbiyi Xavi mavsum yakunida iste'foga chiqishini malum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, “Aston Villa”ga qadar Unai Emeri “Vilyarreal”da ishlagan. U klub bilan 2021/2022-yilgi mavsumda Yevropa ligasida g‘olib chiqdi. Bundan tashqari, ispaniyalik ushbu turnirda "Sevilya" bilan uch marta g'alaba qozongan.


