1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Uning ishga tushirilishi Markaziy Osiyodagi suvdan foydalanish tartibini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin”

Shavkat Mirziyoyev “Qo‘shtepa” kanali haqida gapirdi.

“Uning ishga tushirilishi Markaziy Osiyodagi suvdan foydalanish tartibini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin”

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi taʼsischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisida “Qo‘shtepa” kanali haqida gapirdi.

 

“Mohiyat-eʼtiboriga ko‘ra, mintaqamizda suvdan foydalanish jarayonida bizning mamlakatlarimiz bilan hech qanday majburiyat asosida bog‘lanmagan yangi ishtirokchi paydo bo‘ldi.

 

Afg‘on tomoni kanalni qurish bo‘yicha faol ish olib borayotganini yaxshi bilasiz.

 

Uning ishga tushirilishi Markaziy Osiyodagi suvdan foydalanish tartibi va muvozanatini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin.

 

Qo‘shtepa” kanalining qurilishi va uning Amudaryo suvidan foydalanish tartibiga taʼsiri bilan bog‘liq barcha jihatlarni mamlakatlarimizdagi tadqiqot institutlarini jalb etgan holda o‘rganish bo‘yicha Qo‘shma ishchi guruhini shakllantirish zarur, deb hisoblaymiz.

 

Afg‘oniston vakillarini suv resurslaridan birgalikda foydalanish bo‘yicha mintaqaviy muloqotga jalb etish masalasini ko‘rib chiqishni taklif etamiz”, — dedi davlat rahbari.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика