1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Urganch shahri IIO FMB boshlig‘i YTH oqibatida vafot etdi

Mashina yo‘lning qatnov qismidan chiqib ketib, beton ustunga urilgan.

Urganch shahri IIO FMB boshlig‘i YTH oqibatida vafot etdi

 

Urganch shahri IIO FMB boshlig‘i YTH oqibatida vafot etdi. Mashina yo‘lning qatnov qismidan chiqib ketib, beton ustunga urilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Urganch shahri ichki ishlar boshlig‘i T.Yu. avtohalokat qurboni bo‘ldi.

 

Xorazm viloyati IIB saytida Urganch IIO FMB boshlig‘i sifatida Temur Yo‘ldoshev ko‘rsatilgan.

 

Taʼkidlanishicha, 4 avgust kuni Urganch-Xiva yo‘nalishida boshliqqa biriktirilgan Lasetti rusumli xizmat avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Mashina yo‘lning qatnov qismidan chiqib ketib, beton ustunga urilgan. Oqibatda u hodisa joyida vafot etgan.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

«Tergov o‘tkazish yo‘li bilan qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi», — deyiladi prokuratura axborotida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика