1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Urganchda 2,9 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Urganchda 2,9 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urganch shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘zining yashash xonadonida 64.452 dona dori vositalarini kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi.

 

Baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ xulosasiga ko‘ra, mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 2.908.608.000 so‘mni tashkil qiladi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM ekspertiza tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalarining ayrim turlariga nisbatan muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi, ayrimlari esa sifatsiz va yaroqsiz holatda ekanligi maʼlum bo‘ldi.

 

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186-3 - moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика