Germaniya kansleri Olaf Sholts Rossiya va Ukrainani aniqroq muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi.
"Bizning talabimiz zudlik bilan muzokaralar tiklanishini, ularning yana-da aniq bo‘lishini va tezda kelishuvga erishishni nazarda tutadi", — degan u Berlinda Emmanuel Makron bilan qo‘shma matbuot anjumanida.
Shuningdek, Sholts minlab tinch aholi vakillarining o‘limiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini taʼkidlagan.
"Talabimiz aniq: urush to‘xtatilishi, qurollarning ovozi o‘chishi shart. Shu bilan birga Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketishini istaymiz", — deb qo‘shimcha qilgan kansler.
Avvalroq Ukrainada NATO qurollari saqlanayotgan ombor aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.


